AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 5 hududida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Eng ko`pi Toshkentda

'O`zbekistonning 5 hududida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Eng ko`pi Toshkentda'ning rasmi

SSV ma`lumot berishicha, 2020 yil 22 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 412  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari 181 taga oshgan. Ularning 

- 169 nafari Toshkent shahrida

- 8 nafari Toshkent viloyatida

- 2 nafari Surxondaryo viloyatida

- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida 

- 1 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlandi.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 228 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Farg`ona viloyatida 4 nafar, jami 362 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, yurtimizda sog`ayganlar soni 34 351 nafar (89 foiz)ga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 3 796 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar