AsosiyJamiyat

SSV koronavirusdan uch kishi vafot etganini ma`lum qildi. Qurbonlar orasida Buxoro viloyati hokimi ham bor

'SSV koronavirusdan uch kishi vafot etganini ma`lum qildi. Qurbonlar orasida Buxoro viloyati hokimi ham bor'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 avgust soat 17:00 holatiga bergan ma`lumotiga ko`ra, 3 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Biri buxorolik 65 yoshli K.K. (erkak), u Toshkent shahrida davolangan. Ikkinchisi, farg`onalik 59 yoshli F.T. (ayol), u Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ko`p tarmoqdi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan. Uchinchisi, poytaxtlik 29 yoshli B.L. (erkak).

Qayd etish kerak, vazirlikning ushbu ma`lumotidagi vafot etgan bemorlardan biri, ya`ni "Toshkentda davolangan buxorolik 65 yoshli K.K. (erkak)" -- Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi  Karim Kamolovdir. Uning vafoti haqida avvalroq xabar berilgandi. 

K.Kamolovda koronavirus infeksiyasi 25 iyul kuni tasdiqlangan va u poytaxtda davolash muolajalarini olib kelayotgan bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani xabar qilingandi. 

    Boshqa yangiliklar