Joriy yilning 21 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI akamizdan avto-tryukni dodasi!” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Unda YPX xodimi xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotganligi tasvirlangan. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
"Joriy yilning 15 avgust kunidan 5 sentyabr kuniga qadar Farg`ona viloyati, Qo`qon shahrida “Xalqaro umumarmiya o`yinlari-2020” doirasida “Yo`l-patrul” ko`rik tanlovi o`tkazilishi rejalashtirilgan va ayni vaqtlarda o`tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun DYHX xizmatining Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat olib borayotgan 25 nafar xodimlari o`zlariga biriktirilgan patrul avtomashinalari bilan 19 avgust kuni Farg`ona viloyatiga etib borishgan.
Joriy yilning 21 avgust kuni YPX xodimi R.Muhammedov “Lasetti” rusumli, 01 783 VSC davlat raqam belgili transport vositasining texnik holati, sozligi va chidamliligini tekshirish maqsadida tanlov oldi mashg`ulotlar olib borayotgan vaqtida, ushbu holat atrofda tomosha qilayotgan qatnashchilar va fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan".
YHXBB fuqarolardan ushbu holatni to`g`ri tushunishlarini so`ragan, xodimlariga nufuzli xalqaro tanlovda omad yor bo`lishini tilagan.
https://yhxbb.uz/uploads/news/8b23c38dacbf450fe72fb82d32e4ab73.mp4






