"Nima uchun vafot etgan fuqarolar to`g`risidagi ro`yxatlar elektron tizimga qo`yilmaydi? OAVda vafot etgan fuqaroning faqat bosh harfi va yoshi yoziladi. Bu haqidagi ma`lumotni qaerdan olsak bo`ladi?"
Bugun, 22 avgust kuni AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova mazkur savolga javob berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, aslida kasallikga chalinganlarning shaxsi bilan bog`liq ma`lumotlarning barchasi tibbiyot siri hisoblanadi. Lekin ushbu ma`lumotlarni olish vakolatiga ega tashkilotlar bu kabi muassasalarga yoki Sog`liqni saqlash vazirligiga rasman murojaat qilishi mumkin.
"Ma`lumotlarni koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash bilan shug`ullanadigan muassasalarga murojaat qilib, ushbu ma`lumotning nima maqsadda so`ralayotganligini asoslab bersangiz shunga qarab munosabat bildiriladi" deydi B.Abdusamatova.






