2020 yil 22 avgust soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 532 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlari 120 nafarga oshgan. Ularning
- 115 nafari Toshkent viloyatida
- 5 nafari Farg`ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahrida 386 nafar, Toshkent viloyatida 165 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg`ona viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 34 576 (+587) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 689 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.






