O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi 2020 yil 22 avgust kunlik stastikasini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Mamlakatimizda kasallanish holati
22 avgust kuni 458 holatda
21 avgust kuni 381 holatda
20 avgust kuni 581 holatda kasallik qayd etilgan.
Sog`ayish holati
Bugun Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida jami 587 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 532 nafar bemordan 34 576 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.
Demak, 21 avgust kuni jami 547 nafar, 20 avgust kuni jami 498 nafar bemor sog`aygan.
O`lim holati
Bugun Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kecha, 21 avgust kuni jami 6 nafar, 20 avgust kuni ham jami 6 nafar bemor qurbon bo`ldi.
Ayni paytda shifoxonalarda 3 689 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 259 nafari og`ir, 116 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






