AsosiyJamiyat

Qarshi shahriga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

'Qarshi shahriga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi'ning rasmi

Qarshi shahriga 30 dona avtobus olib kelindi. Qashqadaryo viloyatiga yana 50 dona «Isuzu» rusumli yangi avtobuslar ham olib kelinadi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilgan ushbu avtobuslar zamonaviy va keng hajmli salon, yumshoq o`rindiqlar, sovitkich vositalari, salondagi iqlim nazorati, mukammal xavfsizlik tizimlariga ega. Tushib-chiqish ham ancha qulay.

Ma`lumot o`rnida, o`tgan yili ham viloyatga 80 dona yangi avtobus keltirilgan. Ular hozirda Qarshi shahri va shahar atrofi yo`nalishlarida qatnovni amalga oshiryapti.

    Boshqa yangiliklar