FVV xabariga ko`ra, “Qamchiq” dovonida, Toshkent – O`sh xalqaro avtomobil yo`lining 247 kilometrida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Ma`lumotga ko`ra, kecha soat 16:00 lar atrofida “MAZ” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`rtasidagi temir-beton to`siqqa urilgan.
Bu vaqtda "ISUZU" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi “MAZ” yuk avtomashinasining ortidan to`qnashmaslik uchun avtomobilni olib qochmoqchi bo`ldi, ammo old tomonida harakatlanib ketayotgan boshqa yuk avtomobiliga borib urildi.
Bir necha daqiqadan so`ng FVVning "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv bo`limi xodimlari voqea joyiga etib borib, jabrlanganlarni avtomobillar ichidan chiqarib olgan.
Jarohatlangan haydovchilarga birinchi yordam ko`rsatilib, Pop tumani shifoxonasiga yuborilganligi, hozirda ularning salomatligi joyida ekanligi aytilmoqda.






