Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videoda juda ham ayanchli holatni guvohi bo`ldik.
Unda erkak ayol kishini shavqatsizlarcha tepkilayotgani aks etgan. Videoda boshqa bir ayol ularni ajratishga harakat qilayotganini ko`rish mumkin. Ammo bu urinish foyda bermayapti. It ham xonadon bekasini himoya qilishga harakat qilmoqda. Ammo ayolning erida hayvonchalik insof yo`qligini ko`rib turibsiz.
Zamon informasion - tahliliy dasturining axborot telegram kanaliga kelgan ma`lumotlarga ko`ra, voqea Samarqand viloyatida yuz bergan. Qiz 16 yoshida turmush qurgan. Hozirda 25 yoshda. Ayol o`z turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklangan. U uzoq muddatdan buyon shunday yashab kelmoqda. 2 nafar farzandi bor.
Ushbu voqeadan avval ham ayol turmush o`rtog`i tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Natijada og`ir tan jarohatlari olgan. Bir qo`li singan. Qo`shnilari bergan ma`lumotlarga ko`ra, ayol umuman ostona xatlab ko`chaga chiqa olmaydi. Shuningdek, u va farzandlari «yuvindi» ovqatlarni tanovvul qilishadi.
Mazkur holat bo`yicha rasmiylardan munosabat kutib qolamiz.






