AsosiyJamiyat

Verner Ber: Olamni “COVID-19”dan faqat vaksinalar xalos qilishi mumkin

'Verner Ber: Olamni “COVID-19”dan faqat vaksinalar xalos qilishi mumkin'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi tomonidan Germaniyalik mutaxassis Verner Ber bilan qilingan suhbat(3-qism) e`lon qilindi.

Xorijlik mutaxassisning ta`kidlashicha, “COVID-19”ning oldini olishda eng yaxshi profilaktika sog`lom turmush tarziga amal qilishdir. 

"-- Bundan boshqa a`lo profilaktika mavjud emas, deb o`ylayman. Chunki “COVID-19” nafas olish yo`llarida boshlanadigan infeksiya. Agar siz o`pkangizni yaxshi parvarish qilsangiz, ya`ni doimiy jismoniy mashqlar bilan uni shug`ullantirib tursangiz, infeksiyaning organizmda rivojlanish imkoni pasayadi. Bir so`z bilan aytganda, sport bilan shug`ullanish va chekmaslik lozim, deydi mutaxassis.

Verner Berning aytishicha koronavirusni engish uchun jamoaviy immunitetni hosil qilish ham bir variant. 

--- Ammo bu xavfli yo`l. Bu ko`plab odamlarning hayotini xavf ostiga qo`yish degani, - deydi u. - Katta miqdordagi odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo`ladi. Shuningdek, agar epidemiyani oldini olmasak, infeksiya logarifmik shkala bo`yicha rivojlanadi. Oxir oqibat, yangi kasallanish holatlarining shu qadar ortishiga olib kelishi mumkinki, klinikalar bemorlarni davolashni eplay olmay qoladi. Aksincha, pandemiyani nazoratda ushlab, ko`proq vaqt davomida kamroq odamlarning kasal bo`lishiga erishishimiz lozim.  

 

U olamni “COVID-19”dan faqat vaksinalarning ishlab chiqilishi va qo`llanilishi halos qilishi mumkin, degan fikrni aytgan. 

- -- Avvaliga vaksinalarni yaratish uchun yillar kerak bo`lishi aytildi, ammo ularni ishlab chiqilishini sekinlashtiruvchi barcha byurokratik holatlar tezlashtirildi. Shuning uchun ham vaksinalarning tez sur`atda yaratilishi va qo`llashga kirishilishi ularga ishonchsizlik bilan qarash kerak degani emas. Har qanday vaksina barcha tegishli tadqiqot va sinovlardan o`tgandan keyingina qo`llana boshlaydi.

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar