Ayanchli yo`l-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida eshitamiz va negadir ayrimlar bundan o`zlariga tegishli xulosa chiqarmaydilar.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, ayanchli yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida viloyat hududidagi muntazam yo`l-patrul xizmati maskanlari va tuman markazlariga kirish joylarida og`ir oqibatli yo`l-transport hodisalari natijasida yaroqsiz holatga kelgan avtomashinalar o`rnatilib, “Tezlikni oshirib hayotingni xazon qilma”, “O`zing va o`zgalar hayotiga befarq bo`lma” nomli bannerlar o`rnatildi.
Asosiy maqsad harakat xavfsizligini ta`minlash, sodir etilishi mumkin bo`lgan yo`l-transport hodisalarining oldini olishdir.
“Eshitgandan – ko`rgan afzal”, ming marotaba - eshitib, xulosa chiqarmay noxush holatlar yoki bo`lmasa qo`pol qoidabuzarlik sodir etayotganlar, endilikda yo`l-harakati qoidalariga qat`iy amal qiladilar deydi: Do`stlik tumani ichki ishlar bo`limi yo`l harakati xavfsizligi bo`limi boshlig`i kapitan Zokir Anorboev.






