AsosiyJamiyat

Sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi oliy ta`lim olmoqchi bo`lgan abiturientlar uchun muhim yangiliklar e`lon qilindi

'Sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi oliy ta`lim olmoqchi bo`lgan  abiturientlar uchun muhim yangiliklar e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat oliy ta`lim muassasalarida sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi oliy ta`lim olmoqchi bo`lgan  abiturientlar diqqatiga muhim yangiliklar e`lon qilindi

Fuqarolar hamda oliy ta`lim muassasalarining murojaatlari inobatga olinib, ikkinchi oliy ta`lim bo`yicha 2020/2021 o`quv yili qabuli uchun belgilangan ta`lim yo`nalishlari ro`yxati kengaytirilgan, mos ravishda, qabul ko`rsatkichlari oshirilgan.

Eslatib o`tamiz:

Ikkinchi oliy ta`limga qabul uchun arizalarni ro`yxatdan o`tkazish ikkinchitalim.edu.uz — veb-platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

2020/2021 o`quv yiliga respublika oliy ta`lim muassasalariga ikkinchi oliy ta`limni olish uchun  abiturient sifatida ro`yxatdan o`tish muddati 2020 yil 31 avgustgacha (31 avgust kuni ham).

 2020/2021 o`quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta`lim muassasalarining ro`yxati mana bu erda.

Xorijiy tillar yo`nalishlari bo`yicha ikkinchi oliy ta`lim kunduzgi ta`lim shaklida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar