AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaev Rossiyada chiqindi yig`ib, onasini boqqan 11 yoshli bolaga 20 mln pul va o`quv qurollari sovg`a qildi

'Zoir Mirzaev Rossiyada chiqindi yig`ib, onasini boqqan 11 yoshli bolaga 20 mln pul va o`quv qurollari sovg`a qildi'ning rasmi

Esingizda bo`lsa Islombek ismli bolaning Rossiyada chiqindi yig`ib, onasini boqayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Keyin bu oila yaxshi insonlar ko`magida O`zbekistonga qaytarilgandi. Shundan so`ng Islombekning otasidan onasi Shahnoza Jalolovaga undirilmay qolgan 5 million 270 ming 808 so`m aliment pullari to`liq undirib berildi.​

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev Rossiya davlatida chiqindi yig`ib, onasini boqqan shahrisabzlik 11 yoshli Islombek ismli 20 million so`m pul hamda Islombek va uning opasiga o`quv qurollari sovg`a qilgan. Bu haqda hokimligi axborot xizmati rahbari ma`lum qilgan. 

Bu sahovat tadbiri «hokimning bir kuni» loyihasi doirasida amalga oshirilgan.

Zoir Mirzaev «hokimning bir kuni» loyihasi doirasida 21 avgust, juma kuni Islombekning oilasiga 20 million so`mdan tashqari, oshxona mebeli, shuningdek, Islombek va opasi uchun o`quv qurollari sovg`a qildi. Hokimning topshirig`iga ko`ra, bu oilaga yangi qurilayotgan uylardan boshlang`ich to`lovi to`lanib, uy ham beriladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar