Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rasmiy kanalida respublikamizdagi nodavlat OTMlar haqida ma`lumot berildi.
Xabarda aytilishicha, respublikamizda amaldagi qonunchilik bo`yicha o`rnatilgan tartibda tashkil etilgan nodavlat oliy ta`lim muassasalari ro`yxati quyidagilardan iborat:
2018 yilda faoliyatini boshlagan:
1. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;
2019 yilda faoliyatini boshlagan:
2.Akfa universiteti;
3.Qo`qon universiteti;
4.Farg`ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;
2020/2021 o`quv yilida ilk bor faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda:
5. «Tashkent International University» xalqaro universiteti;
6. TEAM universiteti;
7. Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
8. «Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti.
Eslatma: mazkur ro`yxatda xorijiy oliy ta`lim muassasalarining respublikamizdagi o`rnatilgan tartibda tashkil etilgan filiallari keltirilmagan.
"Yuqoridagi ro`yxatda keltirilmagan, biroq "biz nodavlat oliy ta`lim muassasasasimiz" deb o`zining oliy ta`lim bo`yicha dasturlarini taqdim etayotgan tashkilotlar takliflariga aldanib qolmang, OGOH bo`ling", deya fuqarolarni ogohlantirmoqda vazirlik o`z axborotida.