AsosiyJamiyat

20 avgustda Afg`onistonda uyushtirilgan qurolli hujumda O`zbekiston fuqarosi jarohatlangan

'20 avgustda Afg`onistonda uyushtirilgan qurolli hujumda O`zbekiston fuqarosi jarohatlangan'ning rasmi

Afg`onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o`zbekistonlik Termizda davolanmoqda. Bu haqa Surxondaryo viloyat hokimligi xabar berdi.

20 avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo`l qo`riqchilariga hujum uyushtirilishi oqibatida bir nafar o`zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg`onistonlik halok bo`lgan.  

Hujum oqibatida jarohatlangan o`zbekistonlik – «So`g`diyona trans» korxonasining koordinasiya bo`limi boshlig`i o`rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga etkazilgan.  

Ma`lum bo`lishicha, «So`g`diyona trans» korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas`ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.

    Boshqa yangiliklar