AsosiyJamiyat

Toshkentda 71 va 59 yoshli bemorlar Covid-19 oqibatida vafot etdi

'Toshkentda 71 va 59 yoshli bemorlar Covid-19 oqibatida vafot etdi'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra, ayni soatda Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli V.V. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli B.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 228 nafar, Toshkent viloyatida 121 nafar, Samarqand viloyatida 47 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida ham 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 34 987 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 686 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar