AsosiyJamiyat

Migrantlarni ro`yxatdan o`tkazish va xabardor qilish tizimi joriy etiladi

'Migrantlarni ro`yxatdan o`tkazish va xabardor qilish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Rossiyada mehnat migrantlari harakatlarini nazorat qilish imkonini beruvchi ro`yxatga olish va xabardor qilish platformasi joriy etiladi. Bu haqdaTashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Platforma uchun 200-500 mln rubl sarflanadi va u davlat xizmatlari portali bilan integrasiya qilinadi. Mazkur xizmatdan mobil ilova orqali Rossiya hududida ham, undan tashqarida ham foydalanish mumkin bo`ladi.

Platforma chet el fuqarolarining yagona ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va idoralar ularga elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Mutaxassislarga ko`ra, migrantlarni monitoring qilishning amaldagi tizimi mamlakatga kirish-chiqish sanasi va joyi to`g`risidagi ma`lumotlarga asoslanadi. Ammo yangi tizimda ularning mamlakat bo`ylab harakatlanishining kuzatishilishi xalqaro hujjatlar, xususan, Shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilishning Evropa reglamentiga ko`ra, noqonuniy bo`lishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar