AsosiyJamiyat

“Lacetti”dan ayrilishni istamagan ota farzandiga 8 mln. so`mni atadi

'“Lacetti”dan ayrilishni istamagan ota farzandiga 8 mln. so`mni atadi'ning rasmi

Majburiy ijro Byurosi Shayhontohur tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Shayhontohur tumanlararo sudining 07.02.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Shayxontohur filialidan undiruvchi S. Yakubova  foydasiga 76 mln.064 ming.616 so`m qarz va davlat foydasiga   747 ming. 994 so`m davlat boji undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan. Bu haqda MIB Darakchiga xabar bermoqda. 

Mazkur ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining  

23-moddasiga asosan ijro ishini yuritishni qo`zg`atish to`g`risidagi qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. MIB tuman bo`limi tomonidan qarzdor jamiyatga nisbatan belgilangan ixtiyoriy muddat ichida yuqoridagi qarzdorlik bartaraf qilinmagan.

Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi O.Sultonov tomonidan qarzdor tashkilotning Toshkent shahar “Ipoteka bank” ATIB Mehnat filialidagi hisob raqamiga 07.07.2020 yilda inkasso topshiriqnomasi hamda tegishli qarorga asosan band qo`yilgan.

Ijro harakatlari davomida undiruvchi S.Yakubova foydasiga 76mln.64ming so`mlik qarz va davlat foydasiga 747 ming. 994 so`m davlat boji to`liq undirilib ijro xujjati Qonunning 41-moddasi 1-qismi bilan amalda tamomlanib qarzdorga qo`yilgan barcha cheklovlar darhol bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar