AsosiyJamiyat

Termizda fermerlarning xabardorligisiz bank operasiyasini amalga oshirgan sobiq “Ipoteka bank” mansabdori fosh bo`ldi

'Termizda fermerlarning xabardorligisiz bank operasiyasini amalga oshirgan sobiq “Ipoteka bank” mansabdori fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura "Darakchi"ga xabar berdi.

Unda, “Ipoteka bank” ATIB Surxondaryo viloyat filialining sobiq bo`lim boshlig`i K.I. 2 ta fermer xo`jaligi va fuqaro S.ga ajratilgan jami 44,5 mln so`m kredit mablag`larini “F-K” fermer xo`jaligi hisob raqamiga ularning xabardorligisiz o`tkazish orqali talon-toroj qilganligi hamda mazkur fermer xo`jaligining hisob-raqamiga boshqa fermer xo`jaliklaridan o`tkazilgan 150 mln so`m mablag`larini noqonuniy aylanmasini amalga oshirib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar manfaatlariga zarar etkazganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar