Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unda Andijon davlat universiteti o`qituvchisi A.X. OTM qabul jarayonlaridan foydalanib firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida O.A.ning ishonchiga kirgan. Uni universitetning "Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport" yo`nalishiga yuqori lavozimdagi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuninigdek, Departamentning Urganch shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Sh.K. ikki nafar abiturient — D.S. va Z.A.larni Urganch Davlat universiteti, "Jismoniy tarbiya va tasviriy san`at" yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






