AsosiyJamiyat

Andijonda erkak ayolini yog`och bilan urib boshini jarohatladi

'Andijonda erkak ayolini yog`och bilan urib boshini jarohatladi'ning rasmi

Internet tarmog`ida “Bir o`limdan qolgan singlim hozir shifoxonada yotibdi...” nomi ostida videolavha tarqaldi.

Unda Andijon viloyati Xo`jaobod tumaniga turmushga chiqqan ayolni eri 9 yildan buyon urib-do`pposlab, tahqirlab kelgani aytilgan. Hozirda ayol ota uyida yashab kelayotgani, erinikida qolgan kiyim-kechaklarini olgani borganida  uni  eri qattiq kaltaklagan. Murojaatda ushbu holatni vakolatli idoralar tomonidan qonunan, adolatli ko`rib chiqilishi so`ralgan.

 IIV huzuridagi Tergov departamentining rasmiy ma`muotga ko`ra, haqiqatdan ham ayol erining uyiga farzandining kiyim kechaklarini olib ketish uchun borgan vaqtida, turmush o`rtog`i Q.K., bilan o`zaro janjallashganligi natijasida uning bosh qismiga yog`och bilan urib tan jarohati etkazilgan. Shu vaqtda hovlidagi shovqinga Q.K., ning ukasi I.K., chiqib, Q.K., ni qo`llari bilan tanasining turli joylariga urib, hovlida bo`lgan tayoq bilan uni bosh qismiga urib tan jarohati etkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, G.K. va Q.Q., lar sog`liqni buzilishiga olib kelgan “engil” tan jarohatlarini olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar