Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining bizga bergan xabariga ko`ra, fuqaro M.O. “F-T.” MChJ ta`sischisi X.Z.ning ishonchiga kirib, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga ishontiradi. Rossiya Federasiyasiga pomidor mahsulotlarini eksport qilish hamda un mahsulotlarini olib sotish orqali katta miqdorda foyda olishga qiziqtirib, uning 5 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






