AsosiyJamiyat

Toshkent tumanida “Pleknil” va “Riboverin” dorilarini  qimmatga sotib daromad orttirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Toshkent tumanida “Pleknil” va “Riboverin” dorilarini  qimmatga sotib daromad orttirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, pandemiya sharoitida “Pleknil” va “Riboverin” dorilarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining bizga ma`lum qilishicha, “L-PH.” MChJ rahbari S.X. va fuqaro X.Sh.lar oldindan til biriktirib,  “S-PH.” MChJdan 99,6 mln so`mlik “Pleknil” va “Riboverin” dorilarini pul ko`chirish yo`li bilan xarid qilishib, shu kunning o`zida ushbu dori vositalarini xaridorga  131 mln so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan S.X. va X.Sh.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar