AsosiyJamiyat

4 ta avtomashinani nasiyaga sotib olib, pulini bermay yurgan marg`ilonlikka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'4 ta avtomashinani nasiyaga sotib olib, pulini bermay yurgan marg`ilonlikka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Marg`ilon shahrida 2020 yilning may oyida fuqaro M.N. tanishi X.M.ning ishonchiga kirib, narxi 6.700 AQSh dollari bo`lgan 2 dona “Matiz” rusumli, narxi 4.600 AQSh dollari bo`lgan “Nexia” rusumli va narxi 9.800 AQSh dollari bo`lgan “Lada” rusumli avtomashinalarni sotib olishga kelishadi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarib, 6.800 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berib, qolgan pullarni bir oy muddatda berishini aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan avtomashinalarni boshqa shaxslarga sotib yuborib pullarni o`z ehtiyojilariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar