AsosiyJamiyat

Abiturient ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?

'Abiturient ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?'ning rasmi

Ma`lumki, 22-avgustdan abiturientlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatnomasini berish boshlandi.

Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmaydi? Davlat test markazi bu savolga javob berdi.

Test sinovlarisiz to`liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo`ladigan ta`lim yo`nalishlariga ro`yxatdan o`tgan abiturientlarga (ular o`zlari tanlagan oliy ta`lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

Belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, lekin test sinovlari uchun to`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga;

Belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o`chirgan abiturientlarga;

Tegishli tartibda ta`lim yo`nalishlarini tanlab ro`yxatdan o`tmagan fuqarolarga (ayrim abiturientlar tizimga kirib, pasport ma`lumotlarini kiritgan, lekin ta`lim yo`nalishlarini tanlab ro`yxatdan o`tmagan);

Test sinovlarisiz, to`g`ridan-to`g`ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abiturientlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog`ida halok bo`lgan yoki nogiron bo`lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari);

Eslatib o`tamiz, abiturientlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo`lmagan taqdirda abiturient ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

    Boshqa yangiliklar