SSV ma`lum qilishicha, shu yilning 24 avgust kuni mamlakatimizda 402 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Farg`ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 564 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 348 nafar bemordan 35 551 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.
‼️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 517 nafar bemordan 282 nafari og`ir, 132 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.







