AsosiyJamiyat

Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... Bugun qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

'Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... Bugun qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 25 avgust kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 28-30° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 28-33° bo`ladi.

 

QAShQADARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, respublika tog` oldi va tog` hududlarining ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar