AsosiyJamiyat

Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo`lmoqda

'Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo`lmoqda'ning rasmi

 “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.  

 Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

* 37 ta lisenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;

* 16 ta lisenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo`li bilan bekor qilinadi;

* 17 ta lisenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo`li bilan bekor qilinadi;

* 14 ta turdagi lisenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;

* 115 ta lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi.

 Farmonga ko`ra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o`z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

* turizm faoliyatini lisenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi.  

* quyidagilar bekor qilinadi:

* kredit byurolari faoliyatini lisenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

*dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faoliyatini lisenziyalashda ushbu faoliyat uchun lisenziyaga ega bo`lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy lisenziyada ko`rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida lisenziya rasmiylashtirish amaliyoti;

* er qa`ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun lisenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.

    Boshqa yangiliklar