SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 35 551 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 282 nafari og`ir, 132 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






