AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi yangi o`quv yili oldidan ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

'Xalq ta`limi vazirligi yangi o`quv yili oldidan ota-onalarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi yangi o`quv yili oldidan ota-onalarga murojaat bilan chiqdi:

"Butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi  ta`lim tizimi va uning barcha ishtirokchilari oldiga bir qator sinovlarni qo`ymoqda. Mana 5 oydirki, bolalar maktablarga bora olmasdan, o`z tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan uzilgan. Bu vaziyat qachongacha davom etadi?

Afsuski, bugungi sharoitda farzandlarimiz ta`limida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday bo`shliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining fikricha, koronavirus bilan bog`liq vaziyat ikki yilgacha davom etish xavfi bor, shuning uchun maktablar faoliyatini qayta tiklashga oid qaror o`quvchilar, pedagoglar va ota-onalarning sog`ligini o`ylagan holda qabul qilinishi lozim.

Har bir ota-ona o`zining sharoitidan kelib chiqib, farzandini an`anaviy ravishda maktabga yuborishi yoki uyda qolib onlayn shaklda o`qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak.  

Ota-onalarning fikrini bilish va undan kelib chiqib, ta`lim jarayonini tashkil etish maqsadida, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan yangi 2020/2021 o`quv yilini boshlash borasida maktablarda so`rovnoma tashkil etildi.  

Mazkur jarayonda faol qatnashib, o`z fikringizni bildirishingiz va muhim qarorni qabul qilinishida ishtirok etishingizni so`raymiz.

Unutmang, farzandlarimizning ta`lim va tarbiyasi hamda  jismonan sog`lom rivojlanishi uchun har birimiz birday mas`ulmiz", - deyiladi rasmiy murojaatda.

    Boshqa yangiliklar