AsosiyJamiyat

Toshkentda 8 yoshli qiz suv quvurining temir ustunidan tok urib halok bo`ldi

'Toshkentda 8 yoshli qiz suv quvurining temir ustunidan tok urib halok bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etganligi haqida xabar tarqaldi. Unda "4 kun avval 8 yoshli qizaloqni 380 vvolt tok urib tarasha qilib qo`ygan edi. Tok simi suv quvrlarini ushlab turadigan metal tirgaklarga biriktirilib tortilgan ekan.Mudhish xolatga javobgarlar topilmayapti", - deyiladi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani, Oqtepa mavzesi, 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan.

2020 yil 20 avgust kuni 2012 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qizaloq ushbu quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.    

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 22 avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.      

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar