2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident Farmoniga binoan, 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko`chiriladi.
Demak, 29 avgust – shanba kuni, haftasiga necha kun ishlashidan qat`i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31 avgust – dushanba kuni esa, haftasiga necha kun ishlashidan qat`i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo`ladi.
Shunday qilib Mustaqillik bayrami arafasida o`zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:
30 avgust – yakshanba (dam olish kuni);
31 avgust – dushanba (barcha uchun ko`chirilgan dam olish kuni);
1 sentyabr – seshanba (Mustaqillik bayrami).






