AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi "Mega Planet" yaqinidagi chorraha vaqtincha yopilmoqda

'Poytaxtdagi "Mega Planet" yaqinidagi chorraha vaqtincha yopilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli Toshkent shahar, Ahmad Donish ko`chasining Yangishahar ko`chasidan TXAY ko`chasigacha bo`lgan qismi 1 sentyabr kuniga qadar yopiladi.

Mega Planet SKM yaqinidagi chorraha ham bu muddat ichida yopiq bo`ladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar