Ijtimoiy tarmoqda “Nukusda Damas va poezd to`qnashdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 25 avgust kuni soat 08:00 larda, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahar hududidan o`tuvchi A 380 avtomobil yo`lining 767-kilometrida haydovchi 1992 yilda tug`ilgan S.B. “Damas” rusumli avtomobilni 6 nafar yo`lovchi bilan boshqarib ketayotib, temir yo`l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida teplovoz tortib kelayotgan poezd vagoni bilan to`qnashgan.
Natijada, ushbu avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur to`qnashuv yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 19 avgust kuni Andijon shahrida "Lasetti" haydovchisi temir yo`l kesishmasini to`suvchi qurilmaga urilgani haqida xabar berilgan edi.






