2020 yil 25 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 641 (+135) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida (ulardan 110 nafari xorijdan kelgan va O`rtasaroy karantin markaziga joylashtirilganlar orasidan), 7 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G`.Sh. (erkak) hamda Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 189 nafar, Toshkent viloyatida 107 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida ham 5 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida ham 3 nafar, jami 318 nafar bemor sog`aydi.
Shunday qilib, yurtimizda 35 869 (+318) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) tuzaldi.
Hozirda mamlakatimizda 3 488 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






