Braziliyalik shifokorlar koronavirus infeksiyasining og`ir shakllari bilan og`rigan bemorlarning hujayralarida yangi virus zarralari to`planadigan ko`plab yog` mikro-tomchilar mavjudligini aniqladilar.
"Bemorlarning immunitet hujayralarida sog`lom ko`ngillilarga qaraganda ko`proq yog`li mikro-tomchilar bor edi. O`tkazilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, yangi turdagi koronavirus ushbu tuzilishlarning shakllanishi bilan bog`liq bo`lgan genlarning faolligini oshiradi (U ularni ko`paytirish uchun kerak). Biz ushbu genlarning faolligini bostirganimizdan so`ng, virus juda sekin ko`paya boshladi"-deydi olimlar.






