AsosiyJamiyat

"O`zbekkino" davlat ajratgan17 mlrd so`m mablag`ni maqsadga xilof va noo`rin ishlatgan

'"O`zbekkino" davlat ajratgan17 mlrd so`m mablag`ni maqsadga xilof va noo`rin ishlatgan'ning rasmi

Joriy yilning may oyida “O`zbekkino” MA qoshida Jamoatchilik kengashi tuzildi, uning tarkibiga kinosanoat sohasining taniqli vakillari va ekspertlari kirdi. Jamoatchilik kengashi film yaratishga yo`naltirilgan yirik smeta va xarajatlarni o`rganish bilan faol shug`ullanib, maqsadsiz sarflanayotgan xarajatlarning oldini olish bo`yicha takliflar kiritadi.

Jamoatchilik kengashi o`z majlislarida Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hisobotini ikki marotaba ko`rib chiqdi. Boshqarma joriy yilning iyun oyida 2017-2019 yillarda davlat tomonidan ajratilgan mablag`larning ishlatilishini o`rganib chiqib, 17 mlrd so`m miqdoridagi mablag` maqsadga xilof va noo`rin ishlatilgan holatlarni aniqladi. Hozirda ushbu materiallar Bosh prokuratura tomonidan o`rganilmoqda. Jamoatchilik kengashi tomonidan “Kino sohasida korrupsiyaga qarshi kurash” dasturi qabul qilindi.

“O`zbekkino” MA ajratilayotgan mablag`larning yuqori byudjetli murakkab kinofilmlarni yaratish uchun bir doiradagi kompaniyalar va rejissyorlar o`rtasida taqsimlanishi kabi uzoq yillar davom etgan zararli amaliyotga qarshi. Bunday yondashuv kinoijodkorlar o`rtasidagi sog`lom raqobatga halokatli ta`sir ko`rsatdi. Shu munosabat bilan endilikda aksariyat kinoloyihalarning ssenariy buyurtmalari ijodiy raqobat asosida tanlab olinadi.

    Boshqa yangiliklar