AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bosh sovrini "Spark" bo`lgan mukofot ta`sis etildi

'O`zbekistonda bosh sovrini "Spark" bo`lgan mukofot ta`sis etildi'ning rasmi

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, Hukumat qarori (503-son, 24.08.2020 y.) bilan “Ilhom” mukofoti ta`sis etildi.

Qarorga muvofiq, “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o`rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o`tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

 Mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada o`tkazishga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mas`ul hisoblanadi.  

 Tanlovda respublikamizdagi barcha OTM ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki – dastlabki saralash va asosiy tanlov bosqichlarida o`tkaziladi.

Dastlabki saralash bosqichida nomzodlar OTM miqyosida test savollari orqali saralanadi.

Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma`naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat bo`ladi.

Test natijalariga ko`ra, eng yuqori ball to`plagan 3 nafar nomzod OTM rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqichda ishtirok etishi mumkin.

OTMda saralangan nomzodlarning hujjatlari rasmiylashtirilib, har yili 15 aprelga qadar tanlovni o`tkazish bo`yicha tashkiliy qo`mitaga taqdim etiladi.

Tashkiliy qo`mita tomonidan 1 oy davomida taqdim etilgan ishlarning ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o`ziga xosligi, asarning badiiyligi bo`yicha har bir talab 5 ballik tizimga binoan baholanadi.  

Tanlov g`oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

 

👉  1-o`rin uchun – “Spark” avtomobili, maxsus diplom va statuetka;

👉  2-o`rin uchun – 30 mln. so`m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;

👉  3-o`rin uchun – 15 mln. so`m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.

 

❗️ Mukofot bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20 mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar