AsosiyJamiyat

Tugatilayotgan fermer xo`jaligining erga qilgan xarajati qoplanadi

'Tugatilayotgan fermer xo`jaligining erga qilgan xarajati qoplanadi'ning rasmi

Hukumat qarori (501-son, 24.08.2020 y.) bilan Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo`jaligi yoki qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi boshqa sub`ektlarga ajratilgan er maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan er maydoniga sarflangan qaysi turdagi xarajatlar qoplab berilishi belgilandi.

Jumladan, ko`chatlar, manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish ishlari, qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar uchun qilingan xarajatlar qoplab beriladi.

Qishloq xo`jaligi tashkiloti ixtiyoriylik asosida tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda erga sarflangan xarajatlarni aniqlash uchun fermerlar baholovchi tashkilotga murojaat qiladi.

 Tugatish yoki maqbullashtirish hokimlik tomonidan amalga oshirilsa, tuman hokimligi baholovchiga murojaat qiladi.

Baholovchi tashkilot sarflangan xarajatlarni aniqlash uchun tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.

 Baholash qishloq xo`jaligi tashkiloti tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholash natijalari tuman hokimligiga hisobot ko`rinishida taqdim qilinadi agar, hokimlik hisobotdan norozi bo`lsa hisobotning ishonchliligi yuzasidan ekspertiza o`tkaziladi.

 Hisobot bo`yicha e`tiroz bo`lmasa er maydoni tanlovga qo`yiladi va talabgorlar qoplanishi lozim bo`lgan xarajatlar to`g`risida xabardor qilinadi.

 Talabgor tanlov g`olibi deb e`lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida xarajatlarni to`liq to`lashi lozim.

Agar xarajatlarni qoplamasa, hokimlik keyingi kalendar kundan kechikmay g`olibdan keyin eng yuqori ball to`plagan talabgorga xarajatlarni qoplash to`g`risida taklif yuboradi.

Ushbu talabgor 10 ish kunida xarajatlarni to`lasa, u tanlov g`olibi deb hisoblanadi va unga ushbu er rasmiylashtiriladi.

 Agar xarajatlar to`lanmasa, tanlov o`tkazilmagan deb hisoblanadi va er maydoni keyingi tanlovga takroran qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar