Bugun Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 117 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 5 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Namangan viloyatida esa 3 nafardan hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shularni hisobga olganda yurtimizda jami 35 983 (+432) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 394 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda, deb yozmoqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.






