AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati pasayib, yomg`ir yog`adi

'Bugun havo harorati pasayib, yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 26 avgust kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 23-25° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

 

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, respublikaning tog` oldi va tog` hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar