“Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o`rtasida targ`ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.
Qaror bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta`lim muassasalarida adiblar ijodini o`rganish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Unda, jumladan, oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi ko`krak nishoni va maxsus stipendiyani joriy qilish, o`zbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish kabi tadbirlar nazarda tutilgan.
Qaror bilan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o`rganish hamda targ`ib qilish bo`yicha oliy ta`lim muassasalarini biriktirish ro`yxati tasdiqlandi.
Ro`yxatdagi OTMda 2020/2021 o`quv yilidan boshlab:
* ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimi joriy etiladi;
* OTMda ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko`krak nishonlari joriy qilinadi.
* 2021 yil 1 yanvardan boshlab Adiblar xiyoboni hamda Toshkent tarixi muzeyi turistik yo`nalishlarga kiritiladi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tizimidagi ta`lim muassasalarida 2020/2021 o`quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi mavjud muzeylarning yo`nalishlarini hisobga olgan holda gidlar (gid-tarjimonlar) tayyorlash tashkil etiladi.






