SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, Olmazor tumanida yashagan 81 yoshli M.I. (erkak) hamda Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 73 yoshli D.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 73 yoshli vafot etgan bemor O`zbekiston xalq artisti Dilbar Ikramova bo`lib, kecha 25 avgust kuni uning olamdan o`tgani xabar qilingan edi. Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi aktrisaning koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi.
Shuningdek, SSVning ma`lum qilishicha, ayni paytda yurtimizda 35983 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3518 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 294 nafari og`ir, 110 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.