AsosiySalomatlik

O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar orasida qaysi kasalliklar bo`yicha murojaatlar ko`paygani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar orasida qaysi kasalliklar bo`yicha murojaatlar ko`paygani ma`lum qilindi'ning rasmi

 Koronavirusdan davolangandan so`ng oshqozon osti bezi, oshqozon va ichak kasalliklari bo`yicha murojaatlar ko`proq kelib tushmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi, professor Sevara Ubaydullaeva “Shifobaxshuz” Telegramm kanaliga ma`lum qildi.

 «Koronavirus o`pkada kechsa ham, oshqozon, oshqozon osti bezi, ichak, o`t pufagidagi jarohatlar bir yarim, ikki oylab uzoq tiklanmoqda. Asab tizim kasalliklari bor insonlarga ham kuchi ta`sir qilayotgani kuzatilmoqda. Hozircha bu kuzatishlarimiz natijasi. Kelajakda koronavirusdan so`ng organizmda qanday o`zgarishlari bo`lishi, virus qaysi a`zolarga kuchli ta`sir o`tkazishi haqida tahlil natijasini beramiz», – dedi mutaxassis.

 Uning qo`shimcha qilishicha, Evropa davlatlari orasida ko`proq Osiyo irqiga xos va qoni rezus-manfiy bo`lgan insonlarda virusni yuqishi, kasallik og`irroq kechirishga moyilligi yuqoriligi kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar