AsosiyJamiyat

O`zbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.

'O`zbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 36,3 million AQSh dollariga teng bo`lgan 47,7 ming  tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga ko`p.

 Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi ya`ni, 16,7 ming tonnasi Farg`ona viloyati hissasiga to`g`ri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi o`rinlarni egallagan.

 Ma`lumot o`rnida,  Rossiya Federasiyasiga 22,1 ming tonna va Qozog`istonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.

    Boshqa yangiliklar