Ushbu savolga bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:
Albatta, bu ham koronavirusga qarshi bir usul. Lekin bu juda XAVFLI. Koronovirusga nisbatan ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60%dan 80 %gacha qismi kasallanib, sog`ayishi kerak.
Ko`plab odamlarning hayotini, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi: surunkali kasalliklari bor, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo`yishimiz mumkin.
Ko`p odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo`ladi. Shuningdek epidemiyani oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallanish holatlari ortib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor ko`payib, sohaga bosim ortadi, o`lim soni ortadi.
❌ Shuning uchun ushbu yo`lni O`zbekiston hech qachon tanlamaydi. Aksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib ko`p vaqt davomida kamrok odamlar kasal bo`lishiga erishishimiz mumkin.
💉Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo`lishi mumkin.






