AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to`lqini kutilyaptimi?

'O`zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to`lqini kutilyaptimi?'ning rasmi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatovaning ta`kidlashicha, kasallikning ikkinchi to`lqini kelishi uchun — uning birinchi to`lqinidagi kasallar va kunda aniqlanayotganlar bemorlar soni minimal darajaga pastga tushishi kerak yoki barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo`lmasligi kerak.

--- Biz bu darajaga hali erishganimiz yo`q. To`g`ri, kuz kelishi bilan yog`ingarchilik natijasida namlik boshlanadi. Koronavirus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko`radi.

Shu bilan birga bu faslda yana ko`pgina surunkali kasalliklar qo`zg`alishi natijasida bemorlarda immunitet pasayib, kasallik yuqtirishga moyilligi oshadi. Bu esa kasallar soni ortishi  amda ularning og`ir formasi ko`proq kuzatilishiga sabab bo`ladi, deydi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar