AsosiyJamiyat

Samarqandda birovning plastik kartasidan yashirin ravishda 3 millionga yaqin mablag`ni echib olgan shaxs qo`lga olindi

'Samarqandda birovning plastik kartasidan yashirin ravishda 3 millionga yaqin mablag`ni echib olgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, 2020 yil 16 avgust kuni Oqdaryo tumanida yashovchi, X. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-sonli IIBga shikoyat bilan murojaat qilgan.

Arizaga ko`ra, 2020 yil 15 aprel kuni X. Samarqand shaxridagi “Ipak yo`li” banki filiallaridan biriga kelib, o`zini plastik kartochkasini telefon apparatiga ulamoqchi bo`lib turgan vaqtida, uning oldiga fuqaro Z. kelib, plastik kartochkasini telefon apparatiga ulab, pullarni boshqa plastik kartochkasiga o`tkazib berishda yordam berishini aytadi.

Amaliy yordam vaqtida Z. plastik kartochkadagi kodlarni eslab qolib, X. ga pullarini o`tkazib bo`lmaganligini aytib, plastik kartasini qaytarib beradi. X. bankdan ketganidan so`ng, "uddaburon" Z. plastik kartochka kodlarini o`zining telefon apparatiga ulab, undan 2.790.000 so`m pullarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, voqea joyidan ketadi.

Samarqand viloyati IIB JQB Tezkor-qidiruv hamkorligi bo`limi hamda Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-sonli IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahri Motrid qo`rg`onida yashovchi, 1985 y.t. M.Z. sodir qilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan plastik kartalarini, shuningdek, shaxsiy ma`lumotlari aks etgan hujjatlarini begona shaxslarga bermasliklari bo`yicha yana bir bor ogohlikka chaqiradi.

 

 

    Boshqa yangiliklar