AsosiySalomatlik

COVID-19 dan tuzalgan kishida immunitet shakllanadimi yoki kasallikni bir necha marta yuqtirishi mumkinmi?

'COVID-19 dan tuzalgan kishida immunitet shakllanadimi yoki kasallikni bir necha marta yuqtirishi mumkinmi?'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

COVID-19 yangi kasallik bo`lganligi bois bu borada aniq javob yo`q. Savolga javob berish uchun qo`shimcha tadqiqotlar zarur, ayniqsa bir kishida kasallik kechishi vaqti va antitanachalar javobini, xususan, T-hujayra reaksiyasini o`rganish lozim.  

Hozircha bizga ayon bo`lishicha, COVID-19 ga chalingan bemorlarda ma`lum darajada immun javob shakllangan bo`lib, u takror kasallanishdan himoya qiladi.

Lekin bu immun javob qay darajada saqlanishi va qancha vaqt davom etishi bizga ma`lum emas.  

Avvalgi koronavirus infeksiyalarini (SARS, MERS) davolash tajribalari, shuningdek, Evropa davlatlarida olib borilgan tadqiqotlardagi ma`lumotlar vaqt o`tishi bilan immunitet pasayishini ko`rsatadi.

Yaqin vaqtlarda o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, immun javob pasayishi davri — 75 kunni tashkil etadi.

Lekin bu — vaksina ta`sir ko`rsatmasligini anglatmaydi. Chunki emlashdan so`ng organizmda infeksiyaga qarshi qanday kurashishni eslatuvchi "xotira hujayralari" ishlab chiqariladi.

Bu hujayralar bosh miya suyaklarida yashaydi va tanaga infeksiya yuqishi jarayonida faollashadi.

    Boshqa yangiliklar