AsosiyJamiyat

Jamg`arib boriladigan pensiyani meros tariqasida olish mumkinmi?

'Jamg`arib boriladigan pensiyani meros tariqasida olish mumkinmi?'ning rasmi

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, qonunchilikka ko`ra, fuqarolar jamg`arib boriladigan pensiya to`lovlarini davlat pensiyasiga bo`lgan huquq yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.  

Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvarag`ida jamg`arilgan mablag`lar merosga o`tadi va merosxo`rga bir yo`la to`la hajmda to`lanadi.

 Fuqaro O`zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo`lsa, shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvarag`ida jamg`arilgan mablag`lar bir yo`la to`la hajmda to`lanadi.

 

    Boshqa yangiliklar